O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yuqori siyosiy faollik ko‘rsatmoqdalar
MSK Matbuot markazining ma’lum qilishicha, soat 17:00 holatiga saylovda qatnashganlar soni e’lon qilindi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.
Mazkur saylovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yuksak siyosiy faollikni namoyon etmoqdalar.
Joylardan 17:00 ga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududidagi 19 million 859 ming 127 nafar saylovchilardan 14 mln 258 ming 780 nafari yoki 71,8 foizi ovoz berdi.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni Toshkent vaqti bilan 20:00 da yakunlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter