O‘zbekiston Qozog‘iston bilan temiryo‘l qatnovini tiklamoqda
«Qazaqstan temir joli» AJ bilan kelishilgan holda yo‘lovchi tashuvchi poyezd qatnovlari qayta tiklanmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
15-may kuni 647/648-sonli Nukus—Beyneu—Nukus yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining qatnovni boshlanadi. Shuningdek, 16 maydan boshlab Olma-ota-2—Toshkent—Olma-ota-2 yo‘nalishida 1/2-sonli («Tulpar-Talgo») poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan reyslarning davriyligi Toshkentdan haftasiga 3 marta Toshkent Markaziy vokzalidan amalga oshiriladi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat chegarasi orqali o‘tish punktlarida belgilangan tartibda o‘rnatilgan cheklov choralari talablariga rioya qilish lozim. Xususan, qo‘shni davlat chegarasi orqali o‘tish punktlari orqali Qozog‘istonga kelgan barcha shaxslar PZR usuli bilan COVID-19 ga test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumotnoma taqdim etishi shart (qozoq, rus yoki ingliz tilida).
Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi avtobus qatnovi shu yilning aprel oyida tiklangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter