Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasiga yangi rais saylandi

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasiga yangi rais saylandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi binosida O‘zLiDeP Siyosiy kengashining navbatdagi – X yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya axborot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zLiDeP Siyosiy kengashi a’zosi Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zLiDeP Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisligiga shu paytga qadar O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan Aktam Axmatovich Haitov saylangan.

Ma’lumot uchun, Aktam Haitov 1974-yilda tug‘ilgan. 1994-yilda Samarqand kooperativ institutini tamomlagan. 2016-yil oktyabridan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») bosh direktori, unga qadar – 2014-yil sentabridan «Biokimyo» AJning iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktori bo‘lgan.

2010-yil martidan 2014-yil iyuliga qadar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, partiyaning avvalgi raisi Sodiqjon Turdiyev Andijon viloyatining Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlangach, uning vazifasini shu paytga qadar vaqtincha Bahtiyor Yakubov bajarib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring