O‘zbekiston ilk bor elektr energetika sohasiga bag‘ishlangan yirik anjumanga mezbonlik qiladi
Toshkent shahrida 25-iyun kuni «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari – tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
Anjuman ishida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonning elektr energiya xoldinglari va korporatsiyalari rahbarlari, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislari hamda global konsalting kompaniyalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
«O‘zbekenergo» AJning O‘zAga ma’lum qilishicha, ma’lum qilishlaricha, xalqaro anjuman kun tartibidan Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekiston elektr energetika sohasiga olib kirayotgan investitsiyalarga oid masala ham o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter