«O‘zbekiston havo yo‘llari» Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshirmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi joriy yilning 5-aprelidan boshlab Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar payshanba kunlari «Boeing 787 Dreamliner» samolyotlarida amalga oshiriladi.
Quyida yo‘nalishning harakatlanish vaqtlari ko‘rsatilgan:
Payshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00
Payshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1)
2018- yil 29-maydan 17-sentabrga qadar esa Nyu-Yorkka qatnovlar haftasiga uch marta, seshanba kunlari ham «orzu laynerlari»da quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (mahalliy vaqt):
Seshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00
Seshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1)
Eslatib o‘tish kerak, hozir «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Nyu-Yorkka «Boeing 787 Dreamliner» samolyotlarida haftasiga bir marta yakshanba kunlari yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter