«O‘zbekiston havo yo‘llari» eski samolyotlardan voz kechmoqda
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy milliy aviakompaniyasi rivojlanish strategiyasiga muvofiq, aviaparkni zamonaviy flotga ega aviatashuvchi maqomini ta’minlab beruvchi havo kemalari bilan yangilash dasturini amalga oshirmoqda.
Joriy yilning 1-mayidan boshlab samolyot parkini unifikatsiyalash, parvozlar samaradorligi va rentabelligini oshirish maqsadida aviakompaniya Il-114-100 rusumidagi samolyotlar ekspluatatsiyasini to‘xtatdi.
Milliy aviakompaniyaning Il-114-100 samolyotlarini ekspluatatsiyadan chiqarish tadbirlari rejasiga muvofiq, aviaparkda mavjud bo‘lgan 6 ta samolyot sotuvga qo‘yiladi. Il-114-100 samolyoti uchuvchilari MAK tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan «Boeing» va A320 samolyotlariga bosqichma-bosqich qayta o‘qitilmoqda.
Il-114-100 havo kemalaridan mahalliy yo‘nalishlarda foydalanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter