O‘zbekiston-Germaniya: bandlik barometri muhokama qilindi
22-iyun kuni IFO va Berlin Economics hamkorligida «O‘zbekiston uchun bandlik barometri» vebinari tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston hamda Germaniya hukumati o‘rtasida 2019-yilning 21-yanvarida Berlin shahrida imzolangan «Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasini qo‘llab-quvvatlashga oid konsultativ faoliyat to‘g‘risida»gi hamkorlikdagi deklaratsiyani amaliyotga tatbiq qilish doirasida o‘tkazildi.
Xo‘sh, bandlik barometri nimasi bilan foydali?
1. Bandlik barometri iqtisodiyot pulsini ulchash imkonini beradi. U ish beruvchilarning keyingi uch oy davomida ishchi kuchiga bo‘lgan talabi o‘zgarishi: o‘sishi, pasayishi yoki avvalgi holatida qolishini baholaydi.
2. Barometr shuningdek, aynan qaysi sektorlarda keyingi 3 oy davomida ishchilarga talab bo‘lishini baholashga ham imkon beradi. Bu esa yoshlar, ularning ota-onalari va ta’lim tizimiga muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Qolaversa, u me’yoriy-huquqiy hujjatlarning korxonalar tomonidan yangi ishchilarni yollash rejalariga ta’sirini baholash uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan, doktor Klaus Volrabega ko‘ra, Germaniyada eng kam mehnat haqi normativlari bandlik barometri kuzatish orqali, ya’ni ish beruvchilarning reaksiyasini hisobga olgan holda joriy etilgan.
4. Umumiy olganda, bandlik barometri iqtisodiyot pulsini kvartalda bir marotaba emas, har oy o‘lchash imkonini beradi va iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish uchun imkoniyat beradi.
Seminarda IFO Instituti Maqroiqtisodiy tadqiqotlar va so‘rovnomalar markazi direktori o‘rinbosari doktor Klaus Volrabe mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni baholash asosidagi biznes-sikl tahlilida IFO iqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan foydalaniladigan Bandlik barometriga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Germaniyaning IFO Bandlik barometri 2002-yildan buyon ish beruvchilarning ishchilarga bo‘lgan joriy talabi to‘g‘risidagi tadqiqotlar natijasida olingan axborotni taqdim etadi. U kelgusi uch oyda rejalashtirilayotgan bandlik hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etuvchi 9500ta ishlab chiqarish sektori, qurilish sohasi, ulgurji va chakana savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarining oylik hisobotlari asosida hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter