O‘zbekiston boshqaruv tizimida ayollar ulushi 33 foizga yetdi
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston boshqaruv tizimida ayollar ulushi 33 foizga yetgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, yurtimiz bo‘yicha bir yarim mingga yaqin xotin-qizlar, turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida ishlayotgani ta’kidlandi. Xususan ayollar 6 ta tumanda hokim vazifasida, yuzlab hududlarda o‘rinbosar va maslahatchi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yirik korxonalar, banklar va kompaniyalar, tadbirkorlik sub’yektlarini boshqarmoqda.
Shuningdek davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning ishtirokini kuchaytirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter