Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston – Belarus sog‘liqni saqlash forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston – Belarus sog‘liqni saqlash forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-29-noyabr kunlari Belorus Respublikasida «O‘zbekiston – Belorus tibbiyot forumi» bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash sohasida ham ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. O‘tkazilgan anjuman esa buning yorqin amaliy isboti bo‘la oladi.

Xalqaro forumda ikkala davlat sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi mutaxassislar, tibbiyot oliygohlari rahbarlari ishtirok etdi. Minskdagi Respublika saroyida bo‘lib o‘tgan anjumanda ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirliklari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning hududiy filiallari, tibbiyot oliygohlari, viloyat, tuman va shahar sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasida turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish to‘g‘risida 100 dan ortiq memorandum va kelishuvlar imzolandi.

Jumladan, forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Belarus davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Yakunda esa SamDTU rektori Jasur Rizayev Belarus Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring