«O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladi» — O‘zgidromet
O‘zbekiston bo‘yicha 2023 yil 30-31 dekabr va 2024 yil 1-2 yanvar kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Ertaga 30 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
31 dekabr va 1 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 1 yanvarga kelib 10-13 daraja iliqga yetadi.
Quruq ob-havo 2 yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat 6-9 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda 30-31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Harorat 30 dekabrda kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 4-6 daraja iliq, 31 dekabr va 1-2 yanvarda kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi, 31 dekabr va 1 yanvarda kunduz kunlari 11-13 darada iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi, 2 yanvarda 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter