Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Adliya vaziri ShHTga a’zo davlatlar vazirlariga ma’ruza o‘qidi

O‘zbekiston Adliya vaziri ShHTga a’zo davlatlar vazirlariga ma’ruza o‘qidi

Foto: Adliya vazirligi

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov joriy yilning 24 avgust kuni Qirg‘izistonning Cho‘pon-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining oltinchi majlisida ishtirok etdi.

Majlis Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri vazifasini bajaruvchi Maksatbek Yesenaliyev raisligida bo‘lib o‘tdi.

Majlis ishida, shuningdek, Hindiston Respublikasi huquq va adliya vaziri o‘rinbosari S.Chandra, Qozog‘iston adliya vaziri M.Beketayev, Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari  Yuan Shuxung, Pokiston Islom Respublikasining Qozog‘istondagi elchisi Imtiyaz Ahmad Kazi, Rossiya adliya vaziri A. Konovalov va Tojikiston adliya vaziri R.Shohmurod ham qatnashdi.

Tadbirda kuzatuvchilar sifatida Afg‘oniston adliya vaziri Abdul Basir Anvar, Belarus adliya vaziri O.Slijevskiy, Eron adliya vaziri S.Avayi, Mo‘g‘uliston adliya va ichki ishlar vaziri N.Send qatnashdi.

Majlisda R.Davletov o‘z ma’ruzasida yaqinda qabul qilingan Prezident farmoni asosida O‘zbekiston Adliya vazirligi faoliyati tubdan isloh qilinayotgani, unda davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda alohida o‘rin berilgani haqida ma’lumot berdi. 

Xususan, u adliya tarixida ilk bor tuman (shahar) bo‘linmalari, Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari hamda Adliya vazirligi huzurida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashkil etilganini qayd etdi.

Majlis yakunlari bo‘yicha adliya vazirlari tomonidan ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish Strategiyasiga muvofiq adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi Qo‘shma bayonot imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring