Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 8 oyda sayyohlardan 1,4 milliard dollar foyda ko‘rdi

O‘zbekiston 8 oyda sayyohlardan 1,4 milliard dollar foyda ko‘rdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish va «Yashil makon» kuzgi mavsumini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda har bir davlat turist jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Biz ham bunday keskin raqobat sharoitiga mos bo‘lib ishlashimiz shartligi qayd etildi.

O‘tgan 8 oyda:

- yurtimizga xorijdan 4,3 million turist keldi, ulardan 1,4 milliard dollar tushum bo‘ldi;

- 15 mingta yangi mehmon o‘rinlari yaratilib, ularning soni 137 mingtaga yetdi;

- 540 ta dam olish va ko‘ngilochar maskan barpo etildi, 70 ta turizm marshruti ochildi.

Shuningdek, 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi, yangi 23 ta samolyot olib kelindi, 20 ta xalqaro va 6 ta ichki qatnov yo‘lga qo‘yildi, Samarqand aeroportida haftalik xalqaro reyslar 46 tadan 85 taga ko‘paydi, 1 ming 300 ta zamonaviy avtobus xarid qilinib, 38 ta marshrut ochildi.

Qo‘shimcha dam olish kunlari va chegirma berilgani hisobiga ichki sayyohlar soni 15 million nafarni tashkil qilib, o‘tgan yilga qaraganda 2 barobarga o‘sdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring