Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“O‘zbekenergo”: 7 milliondan ortiq iste’molchi uch yil ichida yangi tizimga to‘liq ulanadi

“O‘zbekenergo”: 7 milliondan ortiq iste’molchi uch yil ichida yangi tizimga to‘liq ulanadi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 23-oktyabrda imzolangan «Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi. Bu haqda «O‘zbekenergo» AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

2021-yil yakuniga qadar elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkazilishi belgilangan.

Avtomatlashtirilgan tizim iste’molchi bilan ta’minotchi o‘rtasida aniq hisob-kitob yo‘lga qo‘yish orqali ishlaydi. Ya’ni, iste’molchi o‘zining hisobi (balansi) holati bo‘yicha doimiy xabardor etib boriladi. Bordi-yu, qarzdorligi mavjud iste’molchi bo‘lsa, unda u tizimdan o‘chiriladi. To‘lovni vaqtida amalga oshiradigan iste’molchilarga esa uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq ta’minlanadi. Bundan tashqari, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish imkoniyati ham yuzaga keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring