Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbek, soxta ziyoratgoh, buzilayotgan «Toshturma», «Uzbek Tigers»ning mag‘lubiyati, Misrda portlash, eshak go‘shtini sotish jinoyat(mi?) va boshqa xabarlar
Bugun, 24-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Jamiyat
Samarqand mutasaddilari soxta ziyoratgoh faoliyatiga chek qo‘yadimi?
Ushbu masala bo‘yicha viloyatning hozirgi hokimi Turobjon Jo‘rayevning virtual qabulxonasiga 2017-yilning 30-dekabrida yo‘llagan murojaatimga esa hanuz javob olganim yo‘q. Viloyat prokuraturasi va soliq boshqarmasining rasmiy javoblarida esa u yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning hujjatlari joyida deyiladi, xullas, «men ne deymanu qo‘bizim ne deydi?» deganlari shu bo‘lsa kerak.
Madaniyat vazirligi, «O‘zbekenergo»... Xalq murojaatiga bee’tibor bo‘lgan tashkilotlar
Mahalliy ijro hokimiyati organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalaridan kelib tushgan 30,4 ming murojaatning belgilangan muddatlari buzilgan holda ko‘rib chiqilgani aniqlangan.
Hokimliklar zimmasiga xorijiy davlatlarda favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklandi.
BMTning doimiy koordinatori O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi
Adliya vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad huquqiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va hamkorlikni yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
«Toshturma» buzib tashlanib, o‘rni zamonaviy xiyobon bo‘ladi
Xalq orasida «Toshturma» nomi bilan mashhur vaqtincha hibsda saqlash muassasasi buzib tashlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining «Telegram»dagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.
Ta’lim
«Nega mantiq?» yoxud «Matematika-10» darsligining 1-qismi haqida ba’zi mulohazalar
Qayd etish zarurki, sobiq ittifoqda matematik mantiq oliy ta’lim muassasalarida mulohazalar mantig‘iga kam e’tibor bergan, o‘ta nazariylashtirgan va formallashgan holda o‘qitilgan. MDH ta’lim muassasalarida, jumladan respublikamizning pedagogik ta’lim muassasalari, litseylar va kollejlarida yillar davomida mantiqqa oid mavzular ham shu tariqada o‘rganilgan.
Avto
O‘zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?
Qo‘shni davlatdan o‘z mashinasida tashrif buyurgan sayyohlar ham mazkur qoidaga amal qilishlari lozim.
Hodisa
Yangiyo‘ldagi YTHda o‘qituvchi halok bo‘ldi
Yangiyo‘l tumanida «Matiz» haydovchisi urib yuborgan ayol vafot etdi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.
Jizzaxda mudhish qotillik. O‘n to‘rt yoshli qizaloq bo‘g‘ib o‘ldirildi
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, 23 mart kuni shu mahalla hududida joylashgan tog‘ yon bag‘ridan D.Tojiboyevaning bo‘g‘ib o‘ldirilib, toshlar tagiga ko‘milgan holdagi jasadi topilgan.
Qozog‘istonda andijonlik ayolni yuk poyezdi urib ketdi
O‘zbekiston Respublikasi FVV FVBMga Qozog‘iston Respublikasi FVBM IIV FVKdan yana bir mudhish yo‘l-transport hodisasi haqida xabar kelib tushdi.
Sport
«Uzbek Tigers» Kolumbiyada mag‘lub bo‘ldi
Butunjahon boks seriyasining guruh bosqichi to‘rtinchi turida Kolumbiyada «Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari bahs olib bordi.
Iqtisodiyot
1 apreldan xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mumkin bo‘ladi
Markaziy bank endilikda bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga, bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratadi.
Huquq
Ijtimoiy tarmoqlarda birovni haqorat qilganlar jazolanadimi?
«Ijtimoiy tarmoqlarda ayrimlar o‘zini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida yoki ataylab birovning obro‘si, sha’niga putur yetkazish maqsadida qo‘pol muomalada bo‘layotgani, haqorat qilayotganining guvohi bo‘lyapmiz. To‘g‘ri, internet chegarasiz. Ammo bu internetda hamma xohlagan ishini qilishi mumkin, haqorat qilganlar jazolanmay qoladi, degani emas-ku? Ularga ham chora ko‘riladimi? Qonunchilikda bunday me’yor ko‘rsatilganmi?»
Texnologiya
O‘zbekistonning ham hissasi bor. «Telegram» foydalanuvchilari soni 200 milliondan oshdi
«Telegram» messenjerining faol foydalanuvchilari soni 200 million kishidan oshdi.
Yangi rekord. «Huawei Mate X» 512 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi
«Huawei» kompaniyasi ichki xotirasi 512 gigabaytga teng yangi smartfonni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Dunyo
220 metrli teleminora portlatildi (video)
Portlatishdan oldin texnik mutaxassislar aholini va atrofdagi binolar egalarini shahardagi eng baland minoraning qulatilishi haqida ikki marta ogohlantirishgan.
Fransiyada supermarketni garovga olishda gumonlanayotgan ikki shaxs ushlandi
Fransiyada sodir bo‘lgan mazkur hodisa oqibatida jami 4 kishi vafot etdi va 15 kishi jarohatlandi. Garovga olinganlardan biriga o‘zini almashishni so‘ragan politsiya xodimi ham olgan jarohati tufayli vafot etgan.
Iskandariyada portlash sodir bo‘ldi
Oldinroq Misr ichki ishlar vazirligi mamlakatda taqiqlangan «Musulmon birodarlar» partiyasi tarafdorlarining bir guruhi saylov arafasida portlash sodir etishda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar tarqatgan.
Tavsiya qilamiz
Kimsasiz xaroba shaharlar (foto)
Kimsasiz shahar qoldiqlari dunyoning turli burchaklarida hali ham mavjud. Ularning aholisi tabiiy yoki texnogen ofatlar, qashshoqlik va boshqa sabablar tufayli o‘z vatanlarini tashlab ketishgan.
Eshak go‘shti mojarosi yoxud halqumingizni asrang!
Hurmatli yurtdoshlar! Itga, eshakka o‘xshab qolmaslik uchun ham ko‘chadan ovqat yemang! Nimadan tayyorlanganini, halol-haromligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmaguncha, biror taomni yemang!
Bayram bahona taksichilarning «ketmoni uchdi»
Qulaylik bo‘lsin deb samolyotu poyezdlar chiptalari arzonlashtirildi. Poytaxtda ishlayotganlarning ko‘pchiligi o‘zi tug‘ilib-o‘sgan zaminga borib-kelishi, yaqinlarining holidan xabar olishi uchun imkoniyat yaratildi. Demak, kimningdir oilasida bayram ustiga bayram bo‘ldi. Navro‘z uzoqlashib ketgan dillarni bir-biriga bog‘ladi. Mehr va iliqlik ulashdi. Saxovatini darig‘ tutmadi.
Eshak go‘shti sotish jinoyatmi?
Haqiqatan ham nega shuncha jonivorlarni so‘yib sotish mumkinu, eshakni so‘yish yoki go‘shtini sotish orqali prokuratura nazariga tushiladi? Masalan, odam o‘zi boqib katta qilgan, yetishtirgan eshagini so‘yib sota olmaydimi? Axir bu jonivor uning shaxsiy mulki-ku. Go‘shti haromligi qator manbalarda ta’kidlangan cho‘chqa istalgancha boqilayotgan, so‘yilayotgan va sotilayotgan bir paytda, nega eshak masalasi...
Hokimlarga oson deb o‘ylaysizmi?
Shularni yozayapmanu, yana bir mulohaza fikrimni randalab turibdi. Sababini o‘zingiz bilasiz. Bugun qishloqda alohida ma’muriy tuzilma yo‘q. Qishloqning katta-kichikligiga qarab bir necha idora – MFY bor, ammo unda ilgarigi qishloq sovetida mavjud bo‘lgan vakolatlar yo‘q...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter