Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek va Turk harbiylarining maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi

O‘zbek va Turk harbiylarining maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi

Foto: «Uza.uz»

Bugun Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi Termiz dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq ikki mamlakat Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi maxsus-taktik o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i, polkovnik Lazizjon Usmonov, Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev va Turkiya Respublikasi maxsus operatsiya kuchlari brigadasi komandirining o‘rinbosari, polkovnik Rushtu To‘redi va ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalari, do‘stlik rishtalari yangi bosqichda rivojlanayotgani ta’kidlandi.

Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari oldidan saf maydonida Termiz garnizoni harbiy orkestri sadolari ostida ikki davlat harbiy xizmatchilari saf tortib o‘tdi.

Dala-o‘quv maydonida davom etgan o‘quvlarda harbiy xizmatchilar tajriba almashish uchun ko‘rgazmali mashg‘ulotlar, jumladan, 15 kilometr majmuaviy maxsus-taktik yo‘lagidan o‘tish, jangovar ikkilik, uchlik va to‘rtlik tarkibida yaqin jang elementlari bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy maxsus o‘q otish va qiyin sharoitlarda yashovchanlik holatlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga jalb etildi.

Ishtirokchilar poligonda maxsus-taktik o‘quv savollari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. O‘zbek va Turk harbiylari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Xabarda yozilishicha, hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27-martga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring