Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon telekanali O‘zbekiston to‘ylari haqida hikoya qiladi

Ozarbayjon telekanali O‘zbekiston to‘ylari haqida hikoya qiladi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Ozarbayjonning mashhur «Ozod Ozarbayjon» telekanalining «Cox gezen» teleko‘rsatuvi O‘zbekiston haqida bir qator sayohat-shoulari suratga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faol hamkorligi bilan mashhur Ozarbayjonning «Cox gezen bilar» telekompaniyasining tasvirga olish guruhi tashrif buyurdi.

Tasvirga olish jarayonining so‘ngida Toshkent, Samarqand, Buxoro haqidagi 3 ta shou sonini «Ozod Ozarbayjon» telekanalida namoyish etish rejalashtirilgan.

Hozirda tasvirga olish jarayonlari davom etmoqda. Unda boshlovchilar o‘zbek milliy taomi bo‘lgan palovni tatib ko‘rishdi, teleminora, «Chorsu» savdo majmuasiga tashrif buyurishdi. Shundan so‘ng Hazrati Imom, Minor masjidiga borishdi va Toshkent metropolitenida aylanishdi. Shuningdek, ular o‘zbek to‘yiga ham guvoh bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring