O‘z farzandi qotiliga aylangan ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida o‘z farzandi qotiliga aylangan ayol qilmishi fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yil 1-fevral soat 15.00larda Buvayda tumanidagi mahallalarning birida yashovchi, uy bekasi, 1981-yilda tug‘ilgan Z.R. o‘z uyi hojatxonasida ko‘zi yoriydi. U endigina tug‘ilgan o‘g‘lini parvarish qilmay qasddan o‘ldirish maqsadida, o‘zining kiyimi bilan chaqaloqning butun tanasi va yuz qismini o‘rab, harorati sovuq bo‘lgan xonaga yashirib qo‘yishi natijasida chaqaloq vafot etgan.
Z. R. uyida jasadni 3 kun hech kimga bildirmay saqlab kelganligi aniqlangan. Natijada u qo‘lga olingan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter