O‘ttiz mingdan ziyod kishi O‘zbekistonga davolanishga keldi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
— qarindoshlarni yo‘qlash – 2,6 mln kishi
— dam olish – 339 ming kishi
— xizmat yuzasidan – 62 ming kishi
— davolanish – 32,2 ming kishi
— tijorat – 23 ming kishi
— o‘qish maqsadida – 5 ming kishi.
Avvalroq O‘zbekistonga eng ko‘p turist Tojikistondan kelgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter