O‘tgan ikki oyda 4422 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi
Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, o‘tgan ikki oy davomida davlat xizmatlari markazlari tomonidan chekka, olis hududlar, aholi gavjum bo‘lgan joylarda jami 4 422 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, 657 354 052 so‘m miqdorida davlat boji undirildi.
Sayyor davlat xizmatlari respublikamizning barcha tuman (shahar)larida joylashgan 201 ta davlat xizmatlari markazi tomonidan DXA hududiy boshqarmalari tasdiqlagan reja-jadvalga muvofiq, aholi talabi yuqori bo‘lgan hududlarda o‘tkazilmoqda.
Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qilishicha, mazkur markazlarga borish imkoni bo‘lmagan keksa va nogiron fuqarolar uchun (0371) 207-91-11 raqamiga telefon orqali murojaat qilib, kerakli davlat xizmatlarni uyida turib olish imkoniyatiga yaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter