Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyodagi eng chuqur g‘or Surxondaryoda va unga echki sig‘ar-sig‘mas tuynukdan kiriladi

Osiyodagi eng chuqur g‘or Surxondaryoda va unga echki sig‘ar-sig‘mas tuynukdan kiriladi

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Osiyodagi eng chuqur g‘or Boybuloq bo‘lib, u Boysun tumanida, Hisor tog‘ tizmasining Surxondaryo qismida joylashgan. Mahalliy aholi bu yerlardagi tog‘larni alohida-alohida nomlab, Boysuntog‘, Cho‘lbayir va Devortog‘ deb ham atashadi.

Bu tog‘larda bir nechta g‘orlar bor. Ular orasidagi eng mashhurlari Xo‘ja G‘ur-G‘ur Ota, Vishnevskiy va Boybuloq.

Boybuloqning chuqurligi 1415 metr. G‘orni o‘rgangan Rossiya, Fransiya va Shveysariya g‘orshunoslari uning bundan ham chuqur ekanligini aytishib, O‘zbekistonning yer osti Jomolungmasi, deb ta’riflashadi.

G‘orshunoslar Boybuloq va Vishnevskiy g‘orlari ulangan ehtimoliy yo‘lakni izlashmoqda. G‘orlar joylashuviga qaraganda ular bitta bo‘lishi kerak. Ammo ichkarida g‘or yo‘laklari ba’zan juda tor va ko‘pi hali topilmagan. 1415 metr chuqur Boybuloq va qariyb 750 metrlik Vishnevskiy ulangani isbotlansa, ular dunyodagi eng chuqur g‘orlardan biri bo‘ladi. Lekin buni o‘rganish o‘ta qiyin kechioqda. Avvalo bu g‘orlarga kirish joyi 3-4 ming metr balandda joylashgan.

Boybuloq og‘zi juda kichik va ko‘rimsiz. Bitta echki sig‘adi. Odam o‘rmalab kirishi mumkin. Shu turishida uning Osiyodagi eng chuqur g‘ori ekaniga ishonish qiyin. Ammo g‘or og‘ziga egilishingiz bilan yuzingizga o‘ta sovuq havo ufuradi. Izlanishlar jarayonida mutaxassislar Boybuloqda ko‘l va daryolarni topishgan, qor ham borligini qayd etishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring