Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onkologiya muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash miqdori keskin oshirildi

Onkologiya muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash miqdori keskin oshirildi

Foto: «Zamin.uz»

Onkologiya muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘ miqdori keskin oshirildi va yiliga 5,5 mln. AQSh dollari qiymatida etib belgilandi. Rejaga asosan, respublika bo‘yicha 11 ta gamma terapevtik va 7 ta braxiterapevtik uskunalar o‘rnatiladi.

Onkologiya muassasalari MRT+gipertermiya, PET tomografiya, «da Vinchi» robot uskunasi, Kiber tig‘, antiografik kompleks kabi eng zamonaviy tashxislash va davolash uskunalari bilan jihozlanadi. Bu haqda O‘zbekiston onkologlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Onkologiya xizmati borasida aholidan yil davomida jami 118 ta shikoyat va takliflar kelib tushgan. Ulardan eng ko‘pi Toshkent shahri va Samarqanddan bo‘lib, eng ko‘p shikoyat va takliflar davolash ishlari bo‘yicha ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring