Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘n oltita hokim birinchi o‘rinbosarlari lavozimdan ketdi

O‘n oltita hokim birinchi o‘rinbosarlari lavozimdan ketdi

Yig‘ilishda ko‘plab sharoitlar yaratib berilganiga qaramasdan, Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli va Shumanay tumanlarida kambag‘allik darajasi yuqoriligicha qolayotgani qayd etildi.

Tadbirkorlik sohasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahrida ishlar sust tashkil etilgan.

Shu munosabat bilan Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli, Shumanay, Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

“Biz mahalladagi ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, biznesini boshlashi uchun har yili o‘nlab trillion so‘mlik kredit va subsidiyalar ajratayapmiz. Lekin, ularning samaradorligini baholaydigan tizim yo‘q”, - dedi Prezident.

Misol uchun, so‘nggi uch yilda 300 ming ishsiz aholi kasbga o‘qitilgan bo‘lsa-da, ularning atigi 45 foizi doimiy ish bilan ta’minlangan. Vaholanki, bu ishlarga qariyb 1 trillion so‘m budjet mablag‘lari yo‘naltirilgan.

Shuningdek, jami 17 ta monomarkazda IT, agrotexnologiyalar, dizayner, elektron tijorat, logistika, reklama ishi, marketing kabi yuqori daromadli zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga o‘qitish ulushi 5 foizga ham yetmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring