Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘n milliarddan oshiq mablag‘ni o‘zlashtirib, korxonani bankrot qilgan shaxs aniqlandi

O‘n milliarddan oshiq mablag‘ni o‘zlashtirib,  korxonani bankrot qilgan shaxs aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “Sh.B.” MChJ rahbari F.A. MChJ Samarqand shahri, Firdavsiy ko‘chasida qurilgan ko‘p qavatli uylarning 70 ta xonadonini yaqin qarindoshlari va tanishlarining nomiga rasmiylashtirib berib, jami 10,5 mlrd so‘mni MChJ hisob raqamiga kirim qilmasdan, MChJni qasddan bankrotlik holatiga olib kelganligi aniqlangan. 

Shu kabi, Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O-T.” MChJ rahbari I.K. “A.” xususiy korxonasidan xarid qilingan 346,9 mln so‘mlik dori vositalari sotuvidan tushgan mablag‘larni MChJ hisob raqamiga kirim qilmasdan “O.-T.” MChJni qasddan bankrotlik holatiga olib kelganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring