O‘n bir mingga yaqin IIV xodimlari Hayit namozi tadbirlariga jalb etiladi
10 846 nafar ichki ishlar organi, 2 653 nafar Milliy gvardiya va 2 252 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda xavfsizlikni saqlash uchun jalb qilinadi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lum qildi.
28-iyun – Qurbon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan soat tonggi 05:00 dan 06:20 gacha 2 058 ta masjidda hayit namozlari o‘qiladi va taxminan 2 mln 200 ming nafardan ortiq fuqaro qatnashishi kutilmoqda.
Jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududlarda 3 318 nafar zahira kuchlari tashkil etilgan.
Shuningdek, masjidlar atrofidagi yo‘llarda transport vositalari harakatini vaqtincha cheklanib, 150 metr uzoqlikda alohida avtoturargohlar tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter