Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayit namozi o‘qilmasligi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Hayit namozi o‘qilmasligi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Foto: «Xabar.uz»

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Hayit namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi, bu borada O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi e’lon qilindi» degan mazmundagi yolg‘on xabar(feyk)lar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar asossiz va haqiqatga mos kelmaydi, deyiladi rasmiy munosabatda.

Ushbu feyk xabar bundan bir yil avval pandemiya davrida 2021 yil iyul oyida e’lon qilingan ma’lumotni qayta, ya’ni takroran tarqatilmoqda. Joriy yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi bunday fatvo chiqarmagan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar bo‘layotgan bo‘lsa-da, lekin ommaviy tadbirlarni cheklash yuzasidan Respublika maxsus komissiyasining qarori e’lon qilingani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 iyul kuni Prezidentimiz «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olinib, mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda Qurbon hayiti xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi. 

Qurbon hayiti namozini o‘qish yuzasidan biror o‘zgarish bo‘ladigan bo‘lsa, rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi bildirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring