Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti hudud Milliy kengash reytingida past natija ko‘rsatdi

Olti hudud Milliy kengash reytingida past natija ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yil yanvar oyi davomida hududiy kengashlar faoliyatini reyting baholash bo‘yicha komissiya tomonidan hududlarni 2021 yilning oktyabr-dekabr oyidagi faoliyati turli yo‘nalishlarda baholab chiqildi.

Ushbu reyting natijalariga ko‘ra hududlar miqyosida Sirdaryo viloyati va Qorqalpog‘iston Respublikasi kengashlari tomonidan OAV bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, Buxoro viloyatida mahalliy idoralar rahbarlarining hisobdorligini oshirish va profilaktik choralar yo‘nalishida faol ish yuritilganligi hamda Farg‘ona viloyatida tashkiliy choralar samarali amalga oshirilganligi sababli boshqa hududlarga nisbatan ushbu kengashlarning faoliyati yuqoriroq baholandi.

Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Andijon viloyatlari va Toshkent shahri kengashlari esa qolganlarga nisbatan past ko‘rsatkichlarga erishgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring