Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazorning sobiq hokimi lavozimda yuqoriladi

Olmazorning sobiq hokimi lavozimda yuqoriladi

Baxtiyor Rahmonov

Avvalroq Toshkent shahar Olmazor tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonov Baxtiyor Sultonovich egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, u Jahongir Ortiqxo‘jayevning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Ya’ni Baxtiyor Rahmonov endi Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etilgan Davron Hidoyatovning o‘rnida ish olib boradi.

Baxtiyor Rahmonov 1959-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

1981-yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2018-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Davron Hidoyatov Toshkent  viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring