Olmaliq yo‘lida o‘ta issiq ob-havoda hashar o‘tkazilmoqda (foto)

Toshkent viloyati, Olmaliq shahriga eltuvchi A-373 trassasida yalpi hashar o‘tkazilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda foto va videolar tarqaldi.
Suratlarda ayollar katta trassa bo‘yini tozalashayotganini kuzatish mumkin.
Shuningdek, Olmaliqda kombinat ishchilari yo‘l tozalashayotgani, gul ekishayotgani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo saqlanib turishi ma’lum qilingandi.
Avvalroq FVV ogohlantirish bilan chiqib, 24-26 iyul kunlari havo harorati me’yoridan 6 darajagacha issiq bo‘lishini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter