Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olisdagi qishloq va ovullar, ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib beriladi

Olisdagi qishloq va ovullar, ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib beriladi

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-oktyabr kuni kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Tabiiy gaz tarmog‘idan uzoqdagi qishloq va ovullar, ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib beriladi. Prezidentimiz qaysi hududga yana qo‘shimcha zaxira kerak bo‘lsa, ta’minlab berilishini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Barcha tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada mas’uliyatini ikki karra oshirib, aholini rozi qilishi, hech bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmasdan, tezkor hal etishi lozim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring