Olimlar yurak holatini yaxshilovchi yo‘lni ma’lum qildilar
Amerikalik olimlar, taxminan bir yil davomida badantarbiya bilan shug‘ullanish yurak yetishmovchiligining dastlabki belgilari bo‘lgan odamlarda yurak mushagining elastikligini saqlashga yoki hatto yaxshilashga yordam berishini aniqladilar. Bu haqda Circulation jurnalida chop etilgan maqolaga asoslanib Lenta.ru ma’lum qilmoqda.
Tadqiqotchilar konsentratsiyali yurak yetishmovchiligiga e’tibor qaratdilar. Ushbu kasallik bilan AQShda taxminan uch million kishi aziyat chekadi. Bu kasallikni deyarli davolashning imkoni yo‘q va jismoniy mashqlar paytida yurak mushaklarining qattiqlashuvi va yurak ichidagi yuqori bosim bilan tavsiflanadi. Natijada charchash, o‘pka va oyoqlarda ortiqcha suyuqlik yig‘ilishi hamda nafas qisilishiga olib keladi.
Oldingi tadqiqotlarda faqat yoshlarning yurak elastikligini sezilarli darajada yaxshilash uchun uzoq muddatli badan tarbiya bian shug‘ullanish haqida tavsiyalar keltirilgan.
Yangi tadqiqotda garchi ularda nafas qisilishi kabi alomatlar bo‘lmasa ham, yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq yurak mushagining biroz qalinlashishi va qon biomarkerlarining ko‘payishi kuzatilgan 31 kishi ishtirok etgan.
O‘n bitta nazorat sub’yektiga haftada uch marta yoga va kuch-quvvat mashqlari dasturi berilgan. Qolganlarga individual ravishda mashqlar rejimi tayinlangan: piyoda, velosipedda yoki suzish harakatlari. Keyinchalik, ishtirokchilar haftasiga kamida ikki marta, minimum 30 daqiqa davomida intensiv aerobik mashg‘ulotlarni o‘tkazishni boshlaganlar. Bundan tashqari, haftasiga 2-3 marta o‘rtacha intensivlikdagi mashqlar va sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bir yil o‘tgach, kuchli jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangan odamlar yurakning qattiqligi va kardiorespiratuar jismoniy holatining fiziologik va statistik jihatdan yaxshilanganligini ko‘rsatganlar. Ammo, hozircha, olimlar jismoniy mashqlar yurak yetishmovchiligini davolay oladimi yoki yo‘qligini aniq aniqlay olmaydilar, bu esa uzoqroq tadqiqotlarni talab qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter