Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: Parkinson kasalligi tug‘ma bo‘lishi mumkin

Olimlar: Parkinson kasalligi tug‘ma bo‘lishi mumkin

Illyustrativ foto

Cedars-Sinai tibbiyot markazining Regenerativ tibbiyot instituti olimlari erta Parkinson kasalligi tug‘ma bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Ularning aytishicha, ellik yil oldin Parkinson kasalligi rivojlangan odamlar aslida o‘n yillar davomida aniqlanmagan zararlangan miya hujayralari bilan tug‘ilgan bo‘lishi mumkin.

Bu neyrodegenerativ xastaligi odatda katta yoshli odamlarda kuzatiladi va alomatlari asta-sekin namoyon bo‘lib boradi. Parkinsonizmda miyaning dofamin ishlab chiqaruvchi neyronlari zararlanadi va halok bo‘ladi. Dofamin, shuningdek, kasallikning keng tarqalgan alomatlari: harakatsizlik, mushaklarning qotishi, titrash va muvozanatni yo‘qotishni belgilaydigan mushak harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatini aniqlaydi. Ko‘p hollarda neyron yetishmovchiligining aniq sababi noma’lum va ildiz sababi uchun yetarli davolash usuli yo‘q – faqat simptomlarni bartaraf etish mumkin.

Aksariyat bemorlar tashxis vaqtida 60 yosh yoki undan katta, taxminan 10 foiz bemorlar yoshroq bo‘ladi: 21dan 50 yoshgacha.

Tadqiqodchilar jamoasi Parkinson kasalligi bilan og‘rigan yosh bemorlar to‘qimalaridan yo‘naltirilgan plyuripotentli ildiz hujayralari (YPIH) deb nomlanuvchi maxsus ildiz hujayralarini o‘stirishga muvaffaq bo‘ldi.

YPIH kattalar hujayralaridan to‘liq bo‘lmagan tabaqalashtirilgan hujayralarni yaratishga imkon beradi. Bu jarayondan so‘ng inson tanasi bemorning o‘z hujayralari uchun genetik jihatdan bir xil hujayraning har qanday turini ishlab chiqarishi mumkin. Jamoa YPIHni har bir bemorda dofamin neyronlarini ishlab chiqarish uchun ishlatgan, keyin ularni sinov naychasida o‘stirishgan va neyronlar funksiyasini tahlil qilishgan.

«Metodikamiz dofamin neyronlari bemor hayotining boshidan qanday faoliyat olib borganini yaxshiroq ko‘rishimiz uchun bizga «o‘tmish oynasi»ni hadya qildi», – izohlaydi tadqiqotning bosh muallifi doktor Klayv Svendsen.

Shunday qilib, tadqiqotchilar dofamin neyronlarning ikki asosiy anomaliyasini aniqladilar: Parkinson kasalligining aksariyat shakllarida uchraydigan alfa-sinuklein oqsili to‘planishi va lizosomalar buzilishi – hujayralarga ortiqcha oqsillardan qutilishi uchun «chiqindi qutilari» sifatida harakatlanuvchi hujayra tuzilmalari.

Ko‘rinib turibdiki, birinchisi ikkinchisining bevosita oqibatidir. «Ushbu yangi modeldan foydalanish jarayonida biz ko‘rgan narsa Parkinson kasalligining birinchi belgilaridir. Bu odamlarda dofamin neyronlar Parkinson belgilarini chaqiruvchi alfa-sinukleinlar (asab to‘qimasi va ayrim turdagi o‘simtalarda aniqlangan oqsillar guruhi)ni noto‘g‘ri ishlab chiqarishni 20 yoki 30 yil mobaynida davom ettirishi mumkin», – tushuntiradi Svendsen.

Olimlar saratonoldi teri holatini davolash uchun allaqachon tasdiqlangan va amalda bo‘lgan RER005 moddasi in vitro dofamin neyronlarda ham, laboratoriya sichqonlarida ham alfa-sinuklein darajasini kamaytirishini aniqlashdi.

Olib borilgan tadqiqotlar bemorlar klinik bosqichida tatbiq etish uchun dorilarning samarali  vositalarini yaratishga xizmat qilishi kerak. Hozircha gap Parkinson kasalligini davolash yoki yosh bemorlarda uning oldini olish haqida bormoqda. Lekin kelajakda olimlar o‘z topilmalarini kasallikning boshqa shakllari uchun ham sinab ko‘rishmoqchi.

U.Yo‘ldoshev tayyorladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring