Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: Koronavirus nihoyalanmasdan turib insoniyatni yangi muammo kutmoqda

Olimlar: Koronavirus nihoyalanmasdan turib insoniyatni yangi muammo kutmoqda

Stenford universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, Yer sayyorasini yana iqlim o‘zgarishi sabab uzoq vaqt davom etadigan o‘rmon yong‘inlari kutmoqda. Bu haqda «Phys.org» ga asoslanib «Gazeta.ru» xabar berdi.

Ekspertlarga ko‘ra, odamlarning xatolari tufayli yuzaga kelgan global isish meteorologik sharoitlarga ta’sir qiladi va bu o‘z navbatida kuchli o‘rmon yong‘inlariga olib kelishi mumkin.

So‘nggi 40 yil ichida kuz oylarida o‘rmon yong‘inlari xavfi Kaliforniyada ikki baravar oshadi.

Bundan tashqari, 80-yillardan beri xuddi shu hududda ekstremal ob-havo sharoiti bo‘lgan kuz kunlarining soni ikki baravar ko‘paydi. Yog‘ingarchilik miqdori qariyb 30 foizga kamaydi va o‘rtacha harorat bir darajadan yuqori darajaga ko‘tarildi.

Olimlarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi oqibatlari sayyoramizning boshqa mintaqalarida, jumladan Avstraliya va Rossiyada ham kuzatilmoqda. «COVID-19» bilan kurash yakunida yangi bir muammo paydo bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring