Olimlar dunyoning eng ifloslangan daryolarini topishdi
Berlindagi Helmhols markazining atrof-muhit va salomatlik bo‘yicha tadqiqotchilari Osiyo va Afrika daryolarida millionlab tonna plastik chiqindilar borligini aniqlashdi. Ifloslanishning bosh aybdorlari nomlari ham keltirildi, «Daily Mail» yozishicha, bular — Yanszi va Gang daryolari.
Janubi-Sharqiy Osiyodagi ekologik vaziyat o‘rganilganda, Xitoydagi Yanszi (yuqoridagi suratda) dunyoning eng notoza daryosi bo‘lib chiqdi — uning suvlariga qo‘shilib Sariq dengizga yiliga kam deganda 1,5 million tonna chiqindi va plastiklar oqib kelyapti.
Atrof-muhitni ifloslashda boshqa yirik daryolar ham Yanszidan qolishmaydi, mana ular — Gang, Hind, Niger, Nil, Mekong, Xuanxe, Xayxe, Amur va Chjutszyan.
Hindlarning muqaddas Gang daryosi suvi o‘ta zaharlangan va chiqindilar bilan to‘lib-toshgan — unda nafaqat maishiy, balki sanoat chiqindilarini ham uchratish mumkin.
Olimlar bong urishmoqda: shu ketishda bir necha yillardan so‘ng dunyo okeaniga milliardlab tonna chiqindilar oqib kela boshlaydi, alaloqibat ummon hayvonot dunyosiga qirg‘in kelib va bundan eng katta jabrni insoniyatning o‘zi ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter