Olimlar: Arilar yo‘qolsa, insoniyat ham yo‘qoladi
Oxirgi vaqtlarda populyasiyasi tobora kamayib borayotgan arilar dunyo yuzidan yo‘qolsa, insoniyat ham tanazzulga yuz tutadi. Buyuk Britaniya olimlari aynan shu fikrga kelishdi.
Chunki insoniyat iste’mol qiladigan 90% mahsulot aynan arilarning faoliyati natijasida yetishtiriladi. So‘nggi 10 yilda arilar populyasiyasi 30% ga qisqargan. Arilar madaniylashgan o‘simliklarning 75%., yovvoyilarning 94% ni changlatadilar.
Agarda o‘simliklar changlanib, meva bermasa, so‘ng urug‘idan ko‘paymasa insoniyat va hayvonlar ochlik yoqasiga kelib qoladilar. Arilarning halokatiga quyidagilar sabab bo‘lmoqda:
— dalalarda kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlarning ishlatilishi;
— ari kasalliklari;
— havo haroratining ko‘tarilishi, issiq havoda arilar uyquga kam ketadilar, bu esa ularning holsizlanishi va o‘limiga sabab bo‘ladi.
Olimlar arilarni asrash lozimligini ta’kidlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2019 yil bahorida samarqandlik asalarichilar bahorgi asal hosilini olishmadi. Sababini ular bahorning yomg‘irli kelishi bilan birga mevali daraxtlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari zaharli kimyoviy moddalar bilan noto‘g‘ri ishlanishida, deb ko‘rishmoqda. Ushbu holat sayyoramiz uchun xavfli hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter