Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oktyabr oyidagi ehtimoliy ob-havo e’lon qilindi

Oktyabr oyidagi ehtimoliy ob-havo e’lon qilindi

Foto: Xabar. uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil oktyabr oyi iliq ob-havo bilan boshlanmoqda.

Harorat kechasi +13...+18 darajagacha, kunduzi +26...+31 darajagacha ko‘tariladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 2 oktyabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, 3-4 oktyabrda respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

5-10-oktyabr kunlari respublika bo‘yicha harorat foni pasayadi. Bu davrda havo harorati asosan kechasi +8...+13, kunduzi +21...+26 darajani tashkil etadi.

5-6-oktyabrda O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 7-10 oktyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Harorat kechasi +10...+15 darajadan +0...+5 darajagacha, kunduzi +23...+28 darajadan +15...+20 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Uchinchi o‘n kunlikda ayrim tumanlarda tuproqda va me’yorda sovuq bo‘lishi mumkin.

Oktyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida (o‘n kunlikda 1-3 kun) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.

Iqlimiy xususiyatlarga ko‘ra, oktyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati sentyabr oyiga nisbatan 6-7 darajaga, respublika shimolida 8-9 darajaga past bo‘ladi.

Hududning katta qismida oyning birinchi yarmida harorat kechalari 8-11 daraja iliqni, ikkinchi yarmida esa 2-7 daraja iliqni tashkil etadi. 

Albatta, har yili tabiat ob-havo sharoitlariga o‘z tuzatishlarini kiritadi va ba’zida haqiqiy harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan (iqlim me’yori) sezilarli darajada farq qiladi. 

Shunday qilib, oktyabr oyida, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida, ba’zida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring