Oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi ish vaqti soat 20-00 gacha uzaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda tibbiyot xodimlari bilan uchrashmoqda. Davlat rahbari tadbir davomida oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda ish vaqti qisqaligi muammo keltirib chiqarayotganini ta’kidlab o‘tdi.
«Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda statsionar tibbiy xizmatlar kunduzi soat 13-00 ga qadar ishlaydi.
Shu sababli, aksariyat aholi shifokor nazorati talab qilinmaydigan kechki davo olish uchun ham, shifoxonaga yotishga majbur.
Bu borada, ya’ni birlamchi tizimda kunduzgi statsionarlar ish vaqtini uzaytirishni so‘rab, 500 dan ortiq murojaat kelib tushgan.
Shu bois, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20-00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi, — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter