Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oila» markazi xodimlarini yig‘ilishga jalb etgan tashkilot rahbarlari ishdan olinadi

«Oila» markazi xodimlarini yig‘ilishga jalb etgan tashkilot rahbarlari ishdan olinadi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2-fevral kuni «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolangani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etildi.

«Oila» markazi direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

«Oila» markazi direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha vazirga, direktorning o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Oila» markazi vakillarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlanadi. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talabni buzgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgarlikka tortiladi.

2018-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika «Oila» markazi va ularning hududiy bo‘linmalari boshqaruv apparati xodimlari tarkibiga kiruvchi pensionerlarga, ularning bu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo‘lgan taqdirda, pensiyalari to‘liq to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring