Ofisga tushgan o‘g‘rilar ushlandi
Shu yilning 29-mart kuni soat 05.45 larda 29 yoshli J.M. va 24 yoshli F.N. ofis eshigini buzib, 59 yoshli Muhammad B.ga tegishli 2 dona kompyuter keyslarini va giroskuterini o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda Sergeli tumani IIO FMBga xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida shu kunning o‘zidayoq jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar aniqlanib, qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter