Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamni erta qaritadigan ichimlik

Odamni erta qaritadigan ichimlik

Foto: «Pxhere.com»

San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari inson tanasini erta qarishga olib keladigan ichimlikni ma’lum qilishdi. Ularning fikricha, shirin gazlangan ichimliklar shunday xususiyatga ega, deb yozadi Eat This, Not That.

Mutaxassislar 20 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan besh mingdan ortiq AQSh fuqarolarining sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishdi. Barcha bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmagan.

Tadqiqotlar natijasida olimlar shirin gazlangan ichimliklar hujayra darajasida to‘qimalarning qarishini tezlashtirishini aniqladilar. Ushbu mahsulotni taomnomaga tez-tez kiritgan odamlarning telomerlari qisqaroq bo‘lgan. Bular oq leykotsitlarda xromosomalar uchidagi DNK bo‘limlari bo‘lib, ular surunkali kasallik xavfi ortishi va umrining qisqarishi bilan bog‘liq.

Olimlar kuniga 0,5 litr shirin gazlangan ichimlik iste’mol qilinsa, umr davomiyligi 4,6 yilga qisqarishini isbotlashdi.

«Shirin gazlangan ichimliklarni muntazam iste’mol qilish nafaqat organizmdagi qandning  metabolik nazorati zo‘rayishi, balki to‘qimalarda hujayralar qarishining tezlashishi tufayli ham kasallikning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin», – deydi tadqiqot mualliflaridan biri Elissa Epel.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring