Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochilboy Ramatov: «Pul tayyor, hech qanday muammo bo‘lmaydi»

Ochilboy Ramatov: «Pul tayyor, hech qanday muammo bo‘lmaydi»

Foto: So‘x tumani hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi ӯrinbosari Ochilboy Ramatov So‘x tumanini rivojlantirish uchun qilinadigan ishlar haqida ma’lumot berdi.

«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, So‘x tumanini rivojlantirish uchun 843 milliard so‘m ajratilishi mo‘ljallangan. Shu yilning o‘zida 288 milliard so‘mlik mablag‘ yo‘naltirilib, 5,5 mingta yangi ishchi o‘rni yaratishga qaror qilindi. Bu juda katta ish, bir hududga shuncha mablag‘ni qisqa muddatda ajratish va rejalarni amalga oshirish.

Asosiy muammolardan biri yo‘l masalasi. Umuman, yo‘l yo‘q desayam bo‘ladi. Albatta, biz yo‘l xo‘jaligini beton qoplamaga o‘tkazib, Rossiyaga keta olmay qolgan odamlarimizni ish bilan ta’minlash masalasini ko‘ryapmiz. Qo‘l bilan ishlaymiz va bu ko‘p vaqt turadi. Bu orqali mingga yaqin odamga ish topib beramiz. Shu bilan birga, birinchi navbatda, infratuzilmani yaxshilashga e’tibor berishimiz kerak. Suv, kanalizatsiya masalalari, kabel, elektr... Avval shu ishlarni tugatib, keyin yo‘lni qilamiz.

Hurmatli bosh vazirimiz aytib o‘tdi, pul tayyor. Hech qanday muammo bo‘lmaydi. Bu ishlarni tezda qilamiz», — dedi Ochilboy Ramatov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring