Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo bo‘yicha tezkor axborot e’lon qilindi

Ob-havo bo‘yicha tezkor axborot e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha tezkor ma’lumot e’lon qildi.

16-18-dekabr kunlari Toshkent viloyati Ohangaron va Bo‘stonliq tumani hamda Namangan viloyati Pop tumani baland tog‘liklarida qor ko‘chki xavfi e’lon qilindi.

Nam havo oqimlari kirib kelishi va harorat fonining ko‘tarilishi Toshkent va Namangan viloyati baland tog‘liklarida shakllangan qor qoplami ko‘chishini keltirib chiqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududiga quruq va iliq havo oqimi kirib kela boshlaydi. 18-dekabr kuni Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kunduzi havo harorati maksimumi +15 darajaga yetishini kutilyapti. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring