Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV Yuliya Skripalning kasalxonadan chiqqanini e’lon qildi

OAV Yuliya Skripalning kasalxonadan chiqqanini e’lon qildi

Foto: «AR»

Rossiyaning «RIA Novosti» axborot agentligi «Sky News» telekanali ma’lumotlari asosida GRUning sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qizi Yuliya Skripal kasalxonadan chiqqanini xabar qildi.

Telekanal ma’lumotlariga qaraganda, Yuliya 9 aprel kuni shifoxonadan chiqqan bo‘lishi kerak, ammo telekanal buni tasdiqlay olmagan.

Bugun, 10-aprel kuni Skripallarni davolagan vrach bayonot berishi kutilmoqda.

Hodisa haqida nimalarni bilamiz?

- Shu yilning 4-mart kuni GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Buyuk Britaniyaning Solsberi shahridagi kafelardan birining yonida hushsiz holda topilgan. Ular zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.

- Skripallar noma’lum modda bilan zaharlangani ma’lum bo‘lgan. Britaniya rasmiylari ushbu moddaning Rossiyada ishlab chiqarilganini ma’lum qilishgan. Ammo, keyinroq, Port Daun kimyoviy laboratoriyasi ekspertlari ushbu modda qayerda ishlab chiqilganini aniqlay olmaganliklarini ma’lum qilishdi.

- Sergey va Yuliya Skripalning ushbu moddadan qayerda zaharlangani noma’lum. Bu modda eng ko‘p Skripalning uyi kirish eshigida topilgan. Yana bir necha kishi, jumladan, politsiya xodimi ham shu moddadan zaharlangan.

- Yuliya allaqachon o‘ziga kelgan, otasining ham ahvoli yaxshilanayotgani ma’lum qilingan.

Buyuk Britaniyaning munosabati

- Rasmiy London hodisada Moskvani aybladi, ammo buni isbotlovchi hech qanday dalil keltira olmadi. Shuningdek, Britaniya Rossiyaning hamkorlikda tekshiruv olib borish haqidagi tashabbusini ham qabul qilmadi. London ushbu hodisa yuzasidan Moskvaga ma’lumot berishdan bosh tortmoqda va rossiyalik diplomatlarni Skripal yoniga yaqinlashtirmayapti.

- «Skripal ishi»dan keyin London 23 nafar Rossiyalik diplomatni mamlakat hududian chiqarib yubordi. Keyinchalik, Britaniya safiga Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari, AQSh va yana bir nechta davlat qo‘shildi.

Rossiya pozitsiyasi

- Moskva ushbu voqeaga aloqadorligini doimiy ravishda rad etib keladi hamda voqea yuzasidan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazishni taklif qiladi. Shu bilan birga, Rossiya, agar natijalar maxfiy bo‘lmasa, Kimyoviy qurollar tarqalishini taqiqlash tashkilotining tekshiruv natijlariga tayyor ekanini ham ma’lum qilgan. Tashkilotning ekspertlar guruhiga bir nechta davlat vakillari jalb etiladi.

- Diplomatlarning chiqarib yuborilishiga Rossiya ham muqobil tarzda javob qaytardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring