«Nuroniy» jamg‘armasining raisi o‘zgardi
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Videoselektor shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik kengashi a’zolari, respublika boshqaruvi xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra, shu paytga qadar jamg‘armaning respublika boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Jalilov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgan.
Uning o‘rniga O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev «Nuroniy» jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Qosimov ishtirok etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter