Prezident farmoni bilan Nurdinjon Ismoilovga faxriy unvon berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-yanvardagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» faxriy unvoni berildi. Bu haqda parlament quyi palatasi rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.
60 yoshni qarshi olgan N.Ismoilovning davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali faoliyati, mamlakatimizda qonun ijodkorligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish, parlament nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan bevosita muloqot asosida jamoatchilik fikri, joylardagi haqiqiy ahvolini chuqur o‘rganish, xalqimiz manfaatlari va farovonligini ta’minlash, keng ko‘lamli islohotlar ijrosini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari munosib baholanib, davlatimizning yuksak unvoni bilan taqdirlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter