Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda bayroqlar oldida kiyimsiz holda o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan o‘smirlar 15 sutkaga qamaldi

Nukusda bayroqlar oldida kiyimsiz holda o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan o‘smirlar 15 sutkaga qamaldi

Foto: «Kruz.uz»

Internet tarmog‘ida Nukus shahrida davlat ramzlari oldida kiyimsiz (ich kiyimda) o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, jarayonni videoga tushirgan o‘smirlar tasvirlari tarqaldi. 

«Kruz.uz» saytining yozishicha, 9-may kuni 21:30 lar atrofida nukuslik o‘smir yigit shahar markazida joylashgan 55 metrlik O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlari oldida borib yechina boshlaydi. Keyin kiyimsiz (ich kiyimda) holatda davlat ramzlari atrofini o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, kula-kula yugurib aylanib chiqadi. Bu paytda markaziy maydonda bir qancha odamlar ham bo‘lgan. Video kechasi olingan bo‘lib, voqealar I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi atrofida yakuniga yetadi.

Foto: «Kruz.uz»

Nukus shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sitanov Anvar ma’lumot berishicha, 9-may kuni soat chamasi 21:30 lar atrofida Nukus shahri markazidagi 55 metrlik davlat bayroqlari o‘rnatilgan maydonda 3 ta o‘smir: 1998-yilda tug‘ilgan S.B., 2000-yilda tug‘ilgan N.U. hamda O‘.A.lar jamoat joylarda yurish-turish qoidasini qasddan mensimasdan yechingan holda video tushib uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Ushbu holat yuzasidan bugun, 11-may kuni sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Shumanay tumani Mamuriy sudi raisi Koщanov Arman Baxitbayevich tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning XV bobidagi 183-moddasini qo‘pol ravishda buzganligi uchun yigitlarning har biriga o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring