Nomzod hali deputatlikka kirishmasdan aholi muammolarini hal qilishga kirishmoqda
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga 13-«Gulshan» saylov okrugidan ko‘rsatilgan nomzod Nodira Karimova «Oltintepa» maxallasi fuqarolari bilan uchrashdi.
Nomzod maxallalarni aylandi hamda aholini qiynayotgan muammolar bilan tanishib chiqdi.
Jumladan, «Oltintepa» mahallasida bironta ham maktab, bog‘cha, poliklinika, apteka, magazin, bank filiali yo‘qligi, Qaynarsoy, Parkent 4 berk ko‘chasi va masjid yonidagi qarnoq ko‘chalaridagi yo‘llar asfalt qilinishi zarurligi, gaz bosimi pasayganini qayd etib, nomzoddan ushbu muammolar yuzasidan yordam berishini hamda qariyalarni Xorazm, Buxoro, Samarqand kabi tarixiy shaharlarga sayoxatlarini uyushtirish, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bolalar sog‘lomlashtirish oromgoxlariga yo‘lanmalar berish kabi imtiyozlar berilishini so‘rab nomzodga murojaat etishdi.
Yangi «Avayxon» mahallasining Rishton ko‘chasiga issiqlik trubasi yotkazilgani sababli yo‘lning ta’mirtalab bo‘lib qolgan qismiga asfalt yotkazildi.
Nomzod Nodira Karimova «Minglola» MFYda saylovchilar bilan uchrashuvi jarayonida mahallaning jome’ masjidi orasidagi transformator punktdagi 250 KVa quvvatli transformatorni xavfsiz joyga ko‘chirish masalasi ko‘tarildi. Tegishli tashkilotlarga murojaatlar orqali transformator xavfsiz joyga ko‘chirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter