Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyatiga hokim tayinlanmoqda

Navoiy viloyatiga hokim tayinlanmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sessiyada Navoiy viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqilmoqda.

Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Navoiy viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov To‘lqunovich nomzodini tavsiya etdi.

Nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Normat Tursunov o‘tgan yilning noyabrida Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring