Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda o‘n mingdan ziyod qonunbuzilishlari aniqlandi

Navoiyda o‘n mingdan ziyod qonunbuzilishlari aniqlandi

Navoiyda o‘tgan yil davomida jami 10 553 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yildi.

Holat davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida o‘tkazilgan monitoring va tahlillar natijasida aniqlandi, deya «Xabar.uz»ga ma’lum qilmoqda viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Eldor Bahodirov.

Aniqlangan holatlarning 10 283 tasi belgilangan muddatga amal qilmaslik, 223 tasi murojaatlarni asossiz rad etish va 47 tasi boshqa qonunbuzilishlarga to‘g‘ri kelgan. Ular yuzasidan vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining 30 nafar mansabdor shaxslari va mas’ul xodimlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan. Shu jumladan, vakolatli organlarga 126 ta taqdimnoma, 139 ta ogohnoma kiritilib, 120 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. 2 nafar mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

«Birgina joriy yilning mos davrida «Navoiy suv ta’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyatning davlat xizmat ko‘rsatish faoliyati o‘rganilganda, jami 24 ta holatda murojaatlarni o‘rganib chiqish muddatlari buzilgan. Muhim vazifalarni amalga oshirish ishlari lavozimdorlarning e’tiborsizligi bilan uch kunga kechikkan. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish masalasida odamlar aziyat chekishgan. U xoh lavozim egasi, xoh oddiy xodim aholi noroziligi sabab bo‘lsa, bunday qonunbuzarlarga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llaniladi»,— dedi Eldor Bahodirov.

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring