Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda «Mehribon yurak»  xayriya aksiyasiga start berildi

Navoiyda «Mehribon yurak»  xayriya aksiyasiga start berildi

Navoiy viloyatida tug‘ma yurak xastaligi bilan tug‘ilgan bolalarni davolashga qaratilgan «Mehribon yurak»  xayriya aksiyasiga start berildi.

Viloyatdagi yurak xastaligiga chalingan bolalarni jarrohliq  usulida davolashga bag‘ishlangan aksiyaning birinchi qadamlari allaqachon boshlangan. Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamkorligida  ilk bor o‘tkazilayotgan  tadbirning maqsadi  yurak xastaligiga chalingan, bugungi kunda jarrohlik amaliyotiga zarurati bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan bemor bolalarni davolatishga va ularni sog‘lom hayotga qaytarishga qaratilgan. Shuningdek, yoshlar qalbida mehr-muruvvat, saxovat, insoniylik fazilatlarini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

«Mehribon yurak» xayriya aksiyasi joriy yilning 23-oktyabrida bo‘lib o‘tadi. Ya’ni bugungi kunda xastalik aniqlanib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bolalarda  ilk jarrohlik amaliyoti boshlanadi. Va bosqichma-bosqich davom etadi.

 -Bu aksiya  aholining  ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga katta madad bo‘ladi,-deydi  viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori,  tajribali kardioxirurg, tibbiyot fanlari nomzodi Murodjon Ahmedov.-Avvallari chet ellarga borib katta mablag‘ evaziga amalga oshirilayotgan bu jarrohlik amaliyotini Navoiyning o‘zida  bepul  o‘tkazilishi ham bolalar, ham ota-onalar uchun  juda qulay.

Xayriya aksiyasini qo‘llab –quvvatlovchilar kundan-kunga emas, soat sayin ortib bormoqda. Maxsus  hisob raqamlari ochilib, xayr saxovatli insonlar mehru muruvvatini   yuragi bezovta urayotgan bolajonlardan ayamayotganligi odamiylikning oliy namunasidir. Siz ham «Mehribon yurak» xayriya aksiyasiga qo‘shiling. Chunki savob ish qilish uchun juda yaxshi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

                                                        Marusa Hosilova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring