Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda iste’molchi katta pulga «tushdi». So‘ngra...

Navoiyda iste’molchi katta pulga «tushdi». So‘ngra...

Foto:«Xabar.uz»

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining binosida fuqaro Rizo Murtazayev ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda fuqaro (iste’molchi) R.Murtazayev 2018-yil sentyabr oyida Navoiy shahrida joylashgan «Darxon» savdo majmuasida joylashgan savdo do‘konidan kafolat muddati 3 yilga deb berilgan qiymati 10 000 000 so‘mlik isitish qurilmasi katyol, radiator, gaz reduktori, stabilizator va boshqa shunga o‘xshash tegishli uskunalarni xarid qilgan.

Ammo kafolat muddatining ikkinchi yilida ya’ni 2019 yil noyabr oyida isitish vositasi nosoz holga kelib qolganligidan norozi bo‘lgan iste’molchi savdo xodimiga murojaat qilib, tegishli uskunalarni sifatlisiga almashtirib berilishini yoki uni ta’mirlab berishni so‘raganida xodim isitish qurilmasining ichki qismi nosoz holda ekanligi, agar ta’mirlab berilsa barcha sarf-harajat iste’molchi tomonidan qoplanishini aytgan.

R.Murtazayev savdo xodimining rad javobidan so‘ng shahar jamiyatiga yozma murojaat qilib ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.

Navoiy shahar jamiyati tomonidan iste’molchi R.Murtazayev manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining tegishli qaroriga asosan savdo xodimi tomonidan isitish qurilmasi yangisiga almashtirib berildi va iste’molchiga yetkazilgan ma’naviy zarar tovon puli ham undirib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring